BOLALARDA TUG'MA GIPOTIROIDOZ KASALLIGINING KLINIK VA BIOKIMYOVIY KO'RSATKICHLARI
PDF (English)

Ключевые слова

Tug'ma gipotireoz, qalqonsimon bez, qalqonsimon bez gormonlari, reproduktiv funktsiya, giperlipidemiya

Аннотация

Tug'ma gipoterioz - qalqonsimon bezning funktsional faolligi pasayishi natijasidir. Qalqonsimon bez gormonlarining yetishmasligi, barcha organlar va tizimlarning, birinchi navbatda markaziy asab tizimining rivojlanishining kechikishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda tug'ma gipotirioz, tarqalishi va tibbiy-ijtimoiy ahamiyati jihatidan bolalik endokrin patologiyasi orasida muhim o'rin tutishi shubhasizdir. Odatda kasallikning og'ir kechishi va juda keng simptomlar bilan namoyon bo’ladi. Tug'ma gipoteriozning og'irligi va bemorning nogironlik darajasi avvalambor, jiddiy ruhiy buzilishlar, aqliy zaiflikgacha va o'sish jarayonlarining buzilishi bilan namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, har qanday yoshda har qanday gipotireoz bilan og'rigan bemorda yurak-qon tomir tizimidagi o'zgarishlar (bradikardiya, pulsning past bosimi), giperlipidemiya va shu munosabat bilan ateroskleroz va aterosklerotik kasalliklarning tezlashishi, shish paydo bo'lish tendentsiyasi, terining qurishi, immunitetning pasayishi, reproduktiv funktsiyalarning buzilishi va boshqalar bilan kechadi.

PDF (English)